
“Barselona” Koutinoning narxini ko‘tardi
Avval xabar berilganidek, “Barselona” klubi “Liverpul” rahbariyati bilan Filippe Koutinoning transferi borasida o‘zaro kelishuvga erishdi.
Faqatgina transfer qiymatini kelishib olish qoldi. Kataloniyaliklar vaqtini boy bermay, braziliyalik futbolchi uchun “Liverpul”ga 120 millionlik taklif bilan chiqdi.
Ayni damda muzokaralar davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Koutinoning o‘zi bilan bir muddat avval kelishuvga erishgandi.
Fikrlar