
Aziz Haydarov nega aynan "Lokomotiv"ga o‘tdi?
O‘tgan mavsumni "Bunyodkor"da yakunlagan va yangi mavsumda "Lokomotiv" sharafini himoya qiladigan yarim himoyachi Aziz Haydarov SPORTS.uz muhbiri bilan suhbat davomida nega aynan "temiryo‘lchilar" safiga o‘tgani haqida gapirib o‘tdi.
- Endi «Lokomotiv»ga o‘tganingiz haqida so‘ramoqchiman. Bu jamoa bilan shartnoma tuzishingizning asosiy sababi nimada?
- «Lokomotiv»ga o‘tishimga milliy terma jamoadagi ayrim do‘stlarim sababchi bo‘lishdi. O‘zim ham buni xohlagandim, axir bu yoqda «Bunyodkor»ning taqdiri mavhum bo‘lib turgandi. Yaxshi jamoani tashlab, yomon klubga o‘tmadim. Har holda men O‘zbekiston chempioni bilan shartnoma tuzdim. Bizga Aziz Haydarov kerak, deb men bilan shartnoma tuzishganidan xursandman. O‘zim katta futbolga «Lokomotiv» orqali kirib kelganman. Shu yoshimda yana shu klubga qaytganimdan va ayniqsa, chempionlar bilan birga o‘ynashimdan xursandman.
Suhbatning to‘liq matni bilan birozdan so‘ng tanishib olishingiz mumkin.
Fikrlar