
"Ayaks" darvozaboni "Tottenxem" va "Arsenal"ni qiziqtirib qo‘ydi
Amsterdamning "Ayaks" klubi darvozaboni Andre Onana London grandlarining qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
De Telegraaf nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli kamerunlik posbonni "Arsenal" va "Tottenxem" o‘z safida ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq unga "Barselona"dan ham qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Onana joriy mavsum “Ayaks” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 24ta gol o‘tkazib yubordi. Uning amsterdamliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar