
"Atletiko" muxlislari Morataning jamoaga kelishini xohlashmayapti
Kecha La Liganing 21-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Atletiko" va "Xetafe" jamoalari o‘rtasidagi bahsda madridlik ishqibozlar "Chelsi" forvardi Alvaro Morataning “matraschilar” safiga kelishiga o‘z munosabatini bildirishdi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra muxlislar o‘yin davomida 26 yoshli ispaniyalik futbolchining “Atletiko”ga kelishiga qarshi turli so‘zlarni aytishdi. Ularning fikricha klub rahbariyati “Real” tarbiyalanuvchisini olib kelgandan ko‘ra jamoaning yosh futbolchilariga imkon berishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Atletiko” Moratani keyinchalik sotib olish huquqi bilan 7,5 mln evro evaziga mavsum yakunigacha ijaraga olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar