
"Astana Arlans" finalda "Cuba Domadores" bilan kuch sinashadi
Unda Qozog‘istonning "Astana Arlans" va Kubaning "Cuba Domadores" jamoalari o‘zaro g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Musobaqaning birinchi kunida quyidagi bokschilar ringga ko‘tarilishadi.
-49 kk: Temirtas Jusupov - Damian Arse Duarte;
-56: Ilyas Suleymenov - Osviel David Kaballero Garsiya;
-64: Dilmurat Mijitov - Endi Kruz;
-75: Abilxan Amankul - Osleys Iglesias Estrada;
-91: Nurbol Altaev - Erislandi Savon.
Ikkinchi kunggi janglarda esa navbatdagi charm qo‘lqop ustalari o‘zaro jang olib borishadi.
-52 kg: Saken Bibosynov - Xorxe Grinyan;
-60: Zakir Safiullin - Lazaro Alvares;
-69: Aslanbek Shimbergenov - Roniel Iglesias;
-81: Bek Nurmaganbet - Xulio La Kruz;
+91: Kamshibek Ko‘nkabaev - Xose Larduet.
10 ta jangdan so‘ng ham g‘olib nomini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, 64 kggacha bo‘lgan vazn toifasida Bekdaulet Ibragimov va Xorxe Moiran Vinentlar o‘rtasida qo‘shimcha jang bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum ham aynan mazkur ikki jamoalar finalda o‘zaro duch kelishgan va unda qo‘shnilarimizning qo‘llari baland kelgan edi.
Fikrlar