Artur Gevorkyan: Osiyo kubogida O‘zbekistonga ham muxlislik qilaman

  • 27 dekabr, 2018, 10:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionatimizda anchadan beri to‘p surib kelayotgan turkmanistonlik Artur Gevorkyan allaqachon muxlislarning mehrini qozongan. «Qirol Artur» taxallusi bilan muxlislar orasida nom qozongan o‘yinchi qishki ta’tildan unumli foydalanib Turkiyada dam olib qaytdi. Shundan so‘ng SPORTS.uz muhbiri Artur bilan bog‘lanib, ayrim masalalar bo‘yicha suhbatlashdi. Tajribali futbolchi suhbat davomida yaqinlashib kelayotgan Osiyo kubogi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

- Umuman aytganda, Turkmaniston terma jamoasining bo‘lajak Osiyo Kubogidagi imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Terma jamoamizning raqiblari o‘ta yuqori saviyada. Shuning uchun ham biznikilarga oson bo‘lmaydi. Ammo terma jamoamizning musobaqada munosib ishtirok etishidan umid qilib qolaman va albatta O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilaman.

- O‘zbek futbolini yaxshi bilasiz. Shuning uchun terma jamoamizning Osiyo Kubogidagi imkoniyatiga qanday baho bergan bo‘lardingiz?

- Murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlar evaziga terma jamoangiz chiroyli va sermahsul futbol ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston termasining imkoniyati biznikiga nisbatan ancha yaxshi.

Suhbatning to‘liq matnini quyidagi havolada o‘qishingiz mumkin>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!