Anvar Boynazarov chempionlik jangida ishtirok etish uchun Xitoyga yo‘l oldi

CHERY AUTO

Xitoyning Kunmin shahrida kikboksing bo‘yicha “EM LEGEND 27” turniri bo‘lib o‘tadi. 20 yanvar kuni o‘tkaziladigan bellashuvlarda muay tay bo‘yicha ikki karra jahon chempioni va yakkakurash jang san’atlari ustasi Anvar Boynazarov ham ishtirok etadi.

Tecno

Sportchilar jahon kamari uchun 65 kg vazn toifasida kurash olib borishadi va ikkita yarim final jangidan so‘ng g‘oliblar jahon chempionligi kamari uchun o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Yarim finalning birinchi juftligida xitoylik Chang Chenglong tailandlik Senmane bilan kuch sinashsa, hamyurtimiz Anvar Boynazarov boshqa bir tailandlik jangchi Manasni sinovdan o‘tkazadi.

Ushbu jang sportchimizning yangi mavsumdagi ilk jangi hisoblanadi. U mazkur turnirga tayyorgarlikni Toshkentda o‘tkazdi va bugun musobaqada qatnashish uchun Xitoyga yo‘l oldi.

Mazkur musobaqaga tayyorgarliklar ajoyib o‘tdi. Mashg‘ulotlar asosan Toshkentda tashkil etildi. Men janglarga to‘liq tayyorman. Yangi mavsumni g‘alaba bilan boshlab, muxlislarni xursand qilmoqchiman, – deydi Boynazarov SPORTS.uz internet portaliga.

Ushbu shou doirasida jami 22 jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Anvar Boynazarovga omad tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!