
Anvar Boynazarov Glory 58 turnirida britaniyalik jangchini mag‘lub qildi
Chikagoda (AQSh) tashkil etilgan GLORY 58 turnirining yarim engil vazn toifasida o‘zbekistonlik Anvar Boynazarov (94-26-2, 54 KO) britaniyalik Beyli Sugden (11-3 s 1 NC, 2 KO) bilan kuch sinashdi.
Jangdan oldin ko‘pchilik ingliz sportchisining g‘alabasiga shubha qilmagan edi, ammo yakunda unday bo‘lib chiqmadi.
Dastlabki raundlarda har ikki sportchi galma-gal ustunlik qilishdi, biroq jang o‘rtalarida Sugden bir necha marta qiyin ahvolga tushib qoldi. Shunday bo‘lsada, iroda namoyish qilib, jangni oxirigacha etkazdi.
So‘nggi uch daqiqada Boynazarov ancha faollashdi va zarbalar “yomg‘irini” yog‘dirdi, biroq bu britaniyalik jangchiga qiyinchilik tug‘dirmadi. Keyin ular final xushtagiga qadar qisqa zarbalar almashdi.
Jang yakuniga ko‘ra, uch hakam Boynazarov ishini yaxshi baholab, g‘alabani unga taqdim qildi. 30-27, 27-30, 28-29, 29-28, 29-28.
– Menga shunday jang yoqadi. Men Glory’da chempion bo‘lishni istayman. Endi Kevin VanNostrandan revansh olishni xohlayman. Bugungi raqibim Beyli kuchli jangchi edi. G‘alabadan shodman, – deydi Boynazarov.
Fikrlar