
Angliya termasi ustozi Braziliya va Germaniyaga qarshi bahslar uchun yosh futbolchilarni jalb etdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Germaniya hamda Braziliya terma jamoalariga qarshi bahslar uchun terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar nomini e’lon qildi.
E’tiborlisi, Sautgeyt tarkibga bir qator yosh futbolchilarni tarkibga jalb etdi. Temmi Abraxam(“Suonsi Siti”), Jozef Gomes(“Liverpul”) hamda Ruben Loftus-Chik(“Kristal Pelas”)lar shular jumlasidan.
Shuningdek, MYu yarim himoyachisi Eshli Yang ham 4 yillik tanaffusdan so‘ng terma jamoadan chaqiruv oldi.
Fikrlar