
Allegri: Ronalduning o‘yini menga yoqyapti
"Bu o‘yin "Kevo"ga qarshi bahsdan o‘zgacha bo‘ldi. O‘yin avvalida biz qaergadir shoshdik. Ronalduning birinchi uy o‘yini bo‘lgani bois, stadiondagi entuziazm tufayli biroz xavf bor edi. Biz sabrli bo‘lishimiz kerak.
Dibalasiz uzatmalar orqali o‘ynash ancha qiyin bo‘ldi, ammo yaxshi himoyalandik va ikkinchi bo‘limni a’lo darajada o‘tkazdik. Bugngi o‘yinimizdan qoniqish hosil qildim. Bu bizning jiddiy raqiga qarshi kechgan ilk o‘yinimiz edi va hammasi yaxshi yakunlandi.
Ronaldu gol urolmadi? Italyan futboli ispan futbolidan farq qiladi. U buni yaxshi tushunadi va yaxshi o‘ynamoqda. Men Krishtianuning harakatlaridan qoniqish hosil qilyapman", - dedi Allegri.
Fikrlar