
Ahmedovning jamoadoshi Kataloniya klubi bilan shartnoma imzoladi
Hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p suradigan Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi forvardi U Ley faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Unga ko‘ra 27 yoshli xitoylik futbolchi “Espanol” klubi bilan shartnoma imzolagan. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar bermoqda. Biroq, hozircha U Leyning shartnoma muddati va transfer bahosi haqida e’lon qilinmayapti.
Eslatib o‘tamiz, U Ley o‘tgan mavsum Xitoy Superligasining to‘purari bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, “Espanol” klubi xitoylik biznesmenlarga tegishli hisoblanadi.
Fikrlar