
A seriyada 7 o‘yinda 10 ta gol urgan futbolchi grand jamoalardan biriga o‘tishga yaqin turibdi
Italiyaning "Jenoa" klubi hujumchisi Kshishtof Pentekka Evropaning bir qator top klublari jiddiy qiziqib qolgan. Bu haqda uning agenti Tomash Madyarj Goal.com ga ma’lum qildi.
- Kshishtofning ushbu muvaffaqiyatga erishishining asosi omili nimada? Menimcha, bu uning juda samimiyligi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. A seriyada erishayotgan muvaffaqiyatlariga qaramasdan, u hamon o‘zligini yo‘qotmay kelmoqda. Ayni paytda bizga bir necha jamoalar jiddiy taklif bilan murojaat qilishgan. Biroq buni OAVga oshkor qilmay turganimiz ma’qul. Hozir A seriya - uning uyi. Kelajakda nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi.
Qayd etish lozim, oldinroq o‘tgan 7 o‘yinda 10 ta gol urgan 23 yoshli futbolchiga "Chelsi", "Barselona", "Yuventus", "Bavariya", "Roma" va Dortmundning "Borussiya" jamoalaridan qiziqish bildirilayotgani xabar qilingandi.
Fikrlar