38 yoshli Alves "Barselona" safidagi yubiley uchrashuvini o‘tkazdi

  • 21 mart, 2022, 11:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Himoyachi Dani Alves La Liga doirasida "Real"ga qarshi o‘yinda (4:0) 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Tecno

Shu tariqa 38 yoshli braziliyalik futbolchi "Barselona" safida barcha musobaqalardagi 400-uchrashuvini o‘tkazdi. U Kataloniya klubida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar reytingida 16-o‘ringa chiqib oldi.

“Barselona” legionerlari orasida u faqatgina Lionel Messi (778 ta o‘yin), Xaver Maskerano (334) va Ivan Rakitichdan (310) ortda qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Alves 2021 yilning noyabrida "Barselona"ga qaytdi. U bundan avval 2008-2016 yillarda ham "ko‘k-anorrangilar" safida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!