22-turning superfutbolchilari kimligini bildingizmi?

  • 23 oktabr, 2023, 10:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 22-turi deyarli tugadi va faqat bitta o‘yin qoldi. “Navbahor” – “Nasaf” o‘yini 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bo‘lib o‘tgan 6 ta juftlikning superfutbolchilari ma’lum bo‘ldi. Quyida shu xususida so‘z yuritiladi.

Tecno

“Qizilqum” – OKMK – 1:2. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Muhammadanas Hasanov

Superliganing 22-turiga 12 oktyabrda start berilgani yodingizdadir. O‘shanda Navoiyda “Qizilqum” hamda OKMK klublari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tgandi. Mezbonlar garchi hisobni ochishgan bo‘lsa-da, o‘shanda olmaliqliklar o‘yin oxirigacha ikkita gol urib irodali g‘alabani ilib ketdilar. Ayniqsa, 70-daqiqada Muhammadanas Hasanov o‘ta muhim golni urdi. U hisob 1:1 bo‘lib turganida OKMKning ikkinchi goliga mualliflik qildi va natijada olmaliqliklar qimmatli uch ochkoni qo‘lga kiritdilar. Hasanov esa eng yaxshisi bo‘ldi.

“Metallurg” – “Buxoro” – 0:0. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Izzatilla Po‘latov

Ligada qolish uchun jon-jahdi bilan kurashayotgan “Buxoro” bu turda safarda bir ochkoga ega bo‘ldi. “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0. Mezbonlar penaltidan foydalana olmaganini hisobga olsak, “Buxoro” uchun mag‘lubiyatdan ko‘ra durang ham chakki emas. Ayniqsa, mehmonlarning qanot himoyachisi Izzatilla Po‘latov jamoadoshlaridan ajralib turdi. Natijada ushbu yosh iqtidor egasi o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

po‘latov

“Paxtakor” – “Turon” – 3:0. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Dilshod Saitov

Amaldagi chempionning autsayderga qarshi bahsida ta’bir joiz bo‘lsa, deyarli hech kim turnir karvonboshisining g‘alabasiga shubha qilmagan bo‘lsa kerak-a? Amalda ham shunday bo‘ldi va “Sherlar” raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldilar. O‘yindagi gollar hisobini Dilshod Saitov uzoq masofadan o‘zining aniq va chiroyli zarbasi bilan ochib berdi. Uchrashuvdan so‘ng “Paxtakor” bosh murabbiyi Maksim Shatskix ham Saitovni alohida e’tirof etib o‘tdi. Dilshod shu kuni “Sherlar” safidagi eng yaxshi “Sher” bo‘la oldi.

“Olimpik” – “Bunyodkor” – 1:1. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Davron Ergashev

Toshkent derbisida kuchlar teng keldi va g‘olib aniqlanmadi. 1:1 hisobida yakunlangan bahsda “Bunyodkor” sardori Davron Ergashev har tomonlama faolligini namoyish qildi. Tojikistonlik legioner haqli tarzda “Bunyodkor”ning eng yaxshilaridan biri va bu holat “Olimpik”ga qarshi uchrashuvda yana bir bor ko‘zga tashlandi. Ayniqsa, uchrashuvni deyarli bir futbolchi kam bo‘lib o‘tkazgan “Bunyodkor” 90-daqiqada aynan Ergashevning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldilar.

“Neftchi” – “Surxon” – 1:1. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Artyom Potapov

“Surxon” klubining rossiyalik posboni Artyom Potapov allaqachon saviyasi yuqori futbolchi ekanini amalda isbotlab bo‘ldi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. “Surxon”ning yaxshi topilmalaridan biriga aylangan 29 yoshli legioner “Surxon” sardori sifatida o‘zini ko‘rsatishda davom etyapti. Darvozabon yarim jamoa, degan iborani Potapov misolida yana bir bor ko‘rish mumkin. “Surxon”ning 22-turda Farg‘onada “Neftchi”ga qarshi bellashuvida yana bir karra rossiyalik Artyom Potapov mahoratini ko‘rsatdi. U raqibning qator xavfli hujumlarini bartaraf etib, jamoasini gollardan qutqardi. Mehmonda qimmatli bir ochko qo‘lga kiritilishida uning hissasi katta. Bejizga u uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgani yo‘q.

potapov_1

“So‘g‘diyona” – “Andijon” – 1:2. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Rubin Xebay

“Andijon”ning albaniyalik hujumchisi Rubin Xebay yana e’tibor markazida. O‘tgan turda “Paxtakor” darvozasiga supergol urgan va o‘yinning eng yaxshisiga aylangan futbolchi bu safar Jizzaxda ham o‘z ishini qoyilmaqom tarzda bajardi. Gol urdi va bellashuvning eng yaxshisi bo‘ldi. Rubin penalti ishlagan vaziyatda faol o‘ynadi va jamoadoshini juda qulay vaziyatga chiqardi. Mezbonlar vakili esa raqibini yiqitishdan boshqa chora topa olmadi. Xebay penaltini panenka uslubida chiroyli tarzda bajardi. Butun bahs mobaynida Rubin katta hajmdagi ishni bajardi. Nafaqat hujumda, balki kerak bo‘lsa himoyachilarga ham yordam beryapti va maydonning har bir erida Xebayni ko‘rish mumkin. Har bir o‘yinda alban yigiti shunday o‘ynayapti. Qolaversa, u endi Superligada 12 ta gol bilan yaqqol to‘purarga aylanib oldi.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
23/10/2023 14:38
Рубин Хебай ва Андижон ни омад тарк этмасин
&
ал хилол
23/10/2023 16:44
Оллохим узи мадад берсин сенга,Хебай.Галабалар сари олга.
ишбобоев жума
23/10/2023 19:34
Артем ажойиб дарбозобон. Олга Пататапов. Биз Сурхондареликлар Сизга ва жамоага ишонамиз.
Абдухаликов Мухаммад
23/10/2023 14:38
Рубин Хебай ва Андижон ни омад тарк этмасин