19 yoshli hujumchi Bundesligada rekord o‘rnatdi

  • 22 mart, 18:23
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayntraxt"ning 19 yoshli qanot hujumchisi Jan-Matteo Baoyya Bundesliganing 26-turida "Boxum"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda (1:3) 37,16 km/soat tezlik bilan turnir rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Bundesliganing X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi xabar berdi.

Tecno

Shu paytgacha Germaniya chempionati tarixida birorta ham futbolchi 36,82 km/soatdan yuqori tezlikka erishmagan edi.

Ushbu uchrashuvda Baoyya gol urdi. U 32-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Joriy mavsumda Baoyya barcha musobaqalarda jami 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining qiymati 7,5 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!