14 yoshli futbolchilar maydonga tushdi (foto)

  • 2 noyabr, 2018, 22:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 "Bunyodkor" futbol akademiyasining 5-o‘quv-mashg‘ulot maydonida "Hamdo‘stlik kubogi" Xalqaro bolalar turniri start oldi.

Tecno

  O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Toshkentning “Spartak” klubi bilan hamkorlikda “Hamdo‘stlik kubogi – 2018” musobaqasini tashkil qildi.

Ushbu musobaqada yurtimiz jamoalari bilan birgalikda qo‘shni Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan jamoalarning 14 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari ishtirok etishmoqda.

“Hamdo‘stlik kubogi” bellashuvlarida “Spartak”, “Spartak-2”, “Paxtakor”, “Bunyodkor A”, “Bunyodkor B”, “Lokomotiv” jamoalari yurtimiz sharafini himoya qilishsa, qo‘shni respublikalardan “Ontustik akademiyasi” (Qozog‘iston), BJMORSM-8 (Qozog‘iston), “Akademiya Yug” (Qirg‘iziston), “Ilbirs” (Qirg‘iziston), “Guliston” (Tojikiston), “Xo‘jand” (Tojikiston), DYuSSh KGBO (Rossiya) jamoalari maydonga tushadi.

  Poytaxtimizning “Bunyodkor” futbol akademiyasi o‘quv-mashg‘ulot maydonida o‘tkazilayotgan Xalqaro turnirda ilk uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra: “Spartak”-DYuSSh KGBO 2-0, “Spartak-2” – “Ilbirs” 1-2, “Bunyodkor A” – “Guliston” 7-0, “Ontustik”-“Lokomotiv” 3-1, “Xo‘jand”-“Bunyodkor B” 0-1, “Paxtakor”-“Akademiya Yug” 4-0.

Musobaqa  7 noyabrga qadar davom etadi.

Hamdostlik (1)

Hamdostlik (2)

Hamdostlik (3)

Hamdostlik (4)

Hamdostlik (5)

Hamdostlik (6)

Hamdostlik (8)

Hamdostlik (9)

Hamdostlik (10)

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!