
Rojer Federer ham Parijda olg‘a bormoqda
Shveytsariyalik tennischi Rojer Federer Frantsiya ochiq chempionatining ikkinchi davrasida germaniyalik Oskara Otte bilan raqobatlashdi.
Parij shahrida o‘tayotgan "Rolan Garros" turnirining mazkur bahsida Rojer raqibini 6:4, 6:3, 6:4 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi ushbu turnirning uchinchi davrasida Federer norvegiyalik Kasper Ruudga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar