Jon Jons MMA ni tark etgach, boshqa sohada o‘zini sinab ko‘rmoqchi

  • 23 dekabr, 2024, 15:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jon Jons ligada yana nechta jang o‘tkazmoqchiligini aytdi.

Tecno

“Kelgusi besh yil ichida bitta yoki ikkita jangda g‘alaba qozonib, UFC da imkon qadar ko‘proq pul ishlashga harakat qilmoqchiman. Shundan so‘ng aktyorlik sohasiga qadam qo‘yib ko‘raman. Chunki ancha oldin aktyor bo‘lishni xohlagandim. Kamerada yaxshi ko‘rinaman, deb o‘ylayman. Kichik reklama va shunga o‘xshash narsalarni qilishda ham tajribam bor" - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow".

Eslatib o‘tamiz, Jons oxirgi jangida Stipe Miochichni 3-raundda texnik nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!