Jamoa Mbappeni uyaltirib qo‘ydi...

  • 19 aprel, 17:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionati Liga 2 turnirida qatnashayotgan “Kan” 31-turda “Martiga” jamoasidan 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, yanada quyiroqqa sho‘ng‘idi.

Tecno

“Kan” o‘z davrida Liga 1 va Frantsiya kubogi bahslarida ham ishonchli o‘yinlari bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozongan.  

Biroq keyingi paytda 111 yillik tarixga ega jamoaning ishlari yurishmayapti. Joriy mavsum tugashiga uch tur qolganida “Kan” kelasi mavsumni uchinchi divizionda boshlashi aniq bo‘lib ulgurdi. Bu jamoa 1983 yildan beri bu qadar pastga qulamagan edi.

Qizig‘i shundaki, Frantsiya futbolining bugungi kundagi eng yorqin futbolchisi Kilian Mbappe o‘tgan yozda bu jamoaning nazorat paketini sotib olgan edi. “Real” yulduzi “Kan”ni qo‘lga kiritish uchun 20 million evroga yaqin mablag‘ sarflagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!