
Anvar Boynazarov va Sher Mamazulunov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi
Seshanba kuni soat 15:00da poytaxtimizdagi «Olimpiya shon-shuhrati» muzeyida muaytay bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Anvar Boynazarov va «TATNEFT» kubogi g‘olibi kikboksing bo‘yicha "WAKO"da jahon chempioniligi ko‘lga kiritgan Sher Mamazulunov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
9 yanvar kuni boshlanadigan ushbu matbuot anjumani O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilmoqda. Mamlakatimizning barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini mazkur matbuot anjumaniga taklif etib qolamiz.
Fikrlar