​“Chelsi” ko‘p gol ura boshlagan hujumchiga xaridor

  • 20 sentabr, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hali ham o‘ziga mos keladigan to‘purar qidirmoqda. Endi “aristokratlar” “Feyenoord” hujumchisi Santyago Ximenesni nishonga  oldi.

Tecno

22 yoshi futbolchi Niderlandiya chempionatining dastlabki beshta turida raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi.

Ximenes professional faoliyatini Meksikaning “Krus Asul” jamoasida boshlagan. Iste’dodli hujumchi “Feyenoord” safiga 2022 yili kelib qo‘shildi va jamoa bilan to‘rt yillik shartnoma tuzdi.

Evropadagi debyut mavsumida Ximenes 32 ta uchrashuvda 15 ta golga va ikkita assistga mualliflik qildi.

Ximenes 2021 yili Meksika milliy terma jamoasi safida debyut uchrashuvini o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!