Kun hazili! Ronaldu "Instagram"da Ramosni "troll" qildi (foto)

  • 17 avgust, 2023, 16:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu "Instagram" ijtimoiy tarmog‘ida sobiq sherigi Serxio Ramosning postiga qiziq izoh yozdi. Bu komment ayni paytga kelib 190 mingdan ziyod layk to‘pladi. 

Tecno

Gap shundaki, Ramos o‘zining sahifasiga 60 million obunachilarga ega bo‘lgani haqida maxsus post joylagan. Ronaldu esa unga "menga etib olishing uchun yana bitta nol kerak", deya hazil qilgan. 

Ramos ham Krishtianuga javob qaytargan. 

"O‘zingga ishonib yuborma, Krish. Kambek bo‘yicha mutaxassisning 93-daqiqalarda nimalar qilganini esla, xexexe". 

ramosroni

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!