"Zomin" kelasi mavsum Pro-ligada ishtirok eta olmasligi mumkin

  • 5 sentabr, 2022, 13:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro-liga ishtirokchisi “Zomin” moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgani sir emas. Bu esa tabiiyki klubning U-19 jamoasiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, U-19 chempionatining 15-turida jamoa Xorazmga kelmagani oqibatida texnik mag‘lubiyatga loyiq ko‘rilgan. 

Tecno

7 sentyabr kuni “Zomin U-19” o‘z maydonida “Turon” yoshlarini qabul qiladi. Mazkur bellashuv va umuman keyingi turlardagi yana biror bellashuvning “Zomin” klubi tufayli o‘tkazilmasligi jamoaning musobaqadan chetlashtirilishiga olib keladi. Bu esa litsenziyalash talablarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishi hisoblanadi. 

Avvalroq “Aral samali” futbol klubi U-19 jamoasining musobaqadagi ishtirokini ta’minlay olmagandi. Mazkur holatlar klublarning 2023 yilgi mavsumda ham Pro ligada ishtirok etishiga yo‘l bermaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!