
Zinedin Zidan Beylning kelajagi borasida gapirdi
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Atletiko"(3:7) bilan o‘yindan so‘ng, jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan yarim ximoyachi Garet Beyl borasida gapirib o‘tdi.
"Biz bilmaymiz. Hozirgi vaqtda xammasi joyida. Beyl biz bilan va uchrashuvda ishtirok etdi. Ko‘ramiz nima bo‘larkan," - dedi Zidan.
"Atletiko"ga qarshi bahsning 62-daqiqasida Garet zaxiradan maydonga tushdi.
Avvalroq, Uelslik futbolchi Xitoyning "Tszyansu Sunin" jamoasi bilan 3 yillik bitimga imzo chekishi haqida xabarlar tarqagan edi.
Manba:Marca
Fikrlar