
Ziesh Dzanoloning ketishini kutmoqda
“Chelsi”dagi faoliyati ko‘ngildagidek chiqmagan Hakim Ziesh jamoasini o‘zgartirish haqida bosh qotirmoqda.
“Roma” etakchilaridan biri Nikolo Dzanolo jamoani tark etish istagini bildirdi. Ziesh italiyalik futbolchi ketgan taqdirda uning o‘rnini egallashga tayyor.
Marokashlik hujumkor futbolchi Angliya futbolidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin faoliyatini Joze Mourino yordamida tiklab olmoqchi.
Bu transferga Hakimning maoshi halaqit berishi mumkin. Ayni paytda tajribali o‘yinchi “aristokratlar”dan har mavsum uchun 6 million evro olmoqda. “Roma” jamoada Paulo Dibaladan boshqa hech qaysi o‘yinchiga bu qadar katta maosh to‘lashga rozi emas.
Fikrlar