
Zidan superfutbolchini qo‘ldan chiqargani o‘z isbotini topdi
“Real”da o‘ziga imkon berilishini uzoq muddat kutgan Xames Rodriges bir necha oy oldin Madridni tark etib, “Everton” safiga qo‘shilgan edi. Uning ketishida “Qirollik klubi” rahbariyatini kolumbiyalik futbolchining yaroqsiz ekaniga ishontirgan bosh murabbiy Zinedin Zidanning hissasi katta bo‘lgan.
Futbol tadqiqotlari markazi – CÍES mutaxassislari o‘tkazgan tahlillar va o‘rganishlar asosida Angliya premer-ligasida so‘nggi uch oyda eng zo‘r o‘ynagan futbolchilar reytingi tuzildi. Eng qizig‘i, ushbu nufuzli reytingda aynan Xames Rodriges 89,7 ball bilan etakchilik qilmoqda.
Kolumbiyalik pleymeyker 88 ballga ega bo‘lgan Muhammad Saloh va 85 ochko to‘plagan “Lids” yarim himoyachisi Rafinya Diasni ortda qoldirdi.
Fikrlar