
Zidan: "Inesta "Oltin to‘p"ga loyiq edi"
Zinedin Zidan Andres Inestaning asosiy individual mukofotdan nohaq mahrum qilinganiga ishonch hosil qilgan. Frantsiyalik sobiq futbolchining fikricha, ispaniyalik yarim himoyachi yuqori darajadagi futbolchi bo‘lgan va ayniqsa 2010 yilda Jahon chempionatida g‘alaba qozonganidan so‘ng "Oltin to‘p"ga loyiq edi.
Inesta "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi bilan barcha sovrinlarni yutgan, biroq sovrin uchun eng yuqori natijasi 2010 yilda ikkinchi va 2012 yilda uchinchi o‘rinni egallash bo‘lgan.
- Agar futbolni yaxshi ko‘rsangiz, bunday futbolchining ketishini ko‘rish og‘ir. Men uchun u shunchaki futbolchi, "Barsa" o‘yinchisi emas. U hammani orzu qilishga undardi va "Oltin to‘p"ni olishi kerak edi, ayniqsa Jahon chempionatini qo‘lga kiritgan yili, - dedi Zidan.
Fikrlar