
Zidan Germaniya terma jamoasidan bo‘lgan taklifni o‘ylab ham o‘tirmadi
Frantsiyalik murabbiy Zinedin Zidan Germaniya terma jamoasini boshqarish borasida taklif oldi. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Zizu darhol ushbu taklifga rad javobini bergan. "Real" sobiq murabbiyi Bundestimni boshqarishni xohlamayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya terma jamoasi salbiy natijalar tufayli Xans-Diter Flikni iste’foga chiqargandi. Jamoa yaqindagina Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida yirik hisobda mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar