“Zidan finti”ni qo‘llagan Shomurodovning o‘yini qanday baholadi?

  • 14 aprel, 06:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya chempionatida 32-turning eng keskin va murosasiz uchrashuvlaridan biri mashg‘ur “Olimpiko” stadionida poytaxtning ikki klubi – “Latsio” va “Roma” o‘rtasida bo‘ldi.

Bu galgi bahsga “Latsio” mezbonlik qildi. Evropa Chempionlar ligasining kelasi mavsumiga beriladigan yo‘llanmalarga da’vogarlik qilayotgan jamoalarning o‘zaro bahsida muxlislar ikkita gol ko‘rdi. Dastlab, mezbonlar 47-daqiqada Alessio Romanolining zarbasidan keyin hisobni ochgan bo‘lsa, Matias  Sule 69-daqiqida vaziyatni tenglashtirdi.

Eldor Shomurodov 59-daqiqada maydonga tushib, “Roma” hujum chizig‘ini kuchaytirdi. Biroq berilgan vaqt legionerimizga natijaga ta’sir o‘tkazish uchun etmadi.

Nufuzli manbalardan biri –  siamolaroma.it portali derbidan keyin “Roma” futbolchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi.

SVILAR 8:

“Roma” bilan yangi shartnoma yuzasidan muzokara olib borayotgan darvozabon bu uchrashuvda jamoaga naqadar kerak ekani va o‘zi talab qilayotgan 4 million yillik maoshga loyiq ekanini yana bir karra isbotladi.

MANChINI 5.5:

Tajribali himoyachi raqib futbolchisi Romanoliga qarshi o‘ynashda qiynaldi. Ayrim vaziyatlarda Svilar jamoadoshining xatolarini to‘g‘riladi.

ChELIK 6.5:

Turk futbolchisi himoyada ishonchli o‘ynay oldi. O‘zining opponenti Dzakkaniga imkoniyat qoldirmadi. Chap qanotda haqiqiy ustunligini namoyish qildi.

NDIKA 6:

Faol o‘ynashga harakat qildi, biroq jarima maydonchasi ichida biroz e’tiborli o‘ynashi talab etiladi.

SALEMAKERS 5:

Chap qanot hujumkor futbolchisi sifatida o‘ynab, raqib himoyachisi Marushichning jiddiy qarshiligiga uchradi. Jamoa o‘yiniga ta’sir ko‘rsatmadi.

KONE 6:

Odatdagidek, juda ko‘p yugurdi, lekin harakatlari o‘tgan o‘yindagida bo‘sh chiqdi. Hisob tenglashganidan keyin dadilroq o‘ynashi kerak edi.

PAREDES 5:

O‘yini o‘xshamadi. Beshinchi daqiqadayoq sariq kartochka olgani uning o‘yiniga ta’sir o‘tkazdi. Raneri uni tanaffusda zaxiraga oldi.

ANJELINO 6:

Keyingi uchrashuvlarda Anjelinoning o‘yin darajasi sezilarli darajada pasayib ketdi. To‘pni nazorat qilishga qiynaldi va paslari aksariyat holatlarda noaniq chiqdi.

SULE 7:

Birinchi bo‘limda bo‘sh harakat qilganiga qaramay, keyinchalik harakatlari faollashdi. Gol urib, hisobni tenglashtirdi. Biroq iste’dodini yanada sayqallashi talab etiladi.

PELLEGRINI 5:

Raneri tajribali futbolchini derbi to‘qnashuvida maydonga tushirib, nimalarnidir umid qilgan bo‘lsa kerak. Peleggirini o‘z hisobiga yana bitta juda bo‘sh o‘yin qo‘shib qo‘ydi. 59-daqiqada o‘rnini Shomurodovga bo‘shatib berdi.

DOVBIK 5.5:

Jamoadoshlari ukrainalik forvardga o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoit yaratib bera olmadi. Dovbikka qanotlardan to‘p etkazib berilmadi. Ayrim holatlarda raqib himoyachilari paslarni to‘sib qo‘ydi.

ShOMURODOV 6:

Jangovar ruhiyat bilan maydonga tushdi va hujum chizig‘iga ta’sir o‘tkazishga harakat qildi. Hisob tenglashganidan keyin Zidan usulida fint qo‘llab, Dovbikka pas uzatdi. Artyom vaziyatni boy berdi. Shomurodov o‘yinni o‘zgartirishga urindi. Biroq o‘zini ko‘rsatish uchun berilgan vaqt kamlik qildi.

KRISTANTE 6:

Tanaffusda Paredesning o‘rniga maydonga tushgan futbolchi harchand urinmasin o‘yinni tashkil qilishda faollik ko‘rsata olmadi.

On vyxodit na pole v pereryve vmesto Paredesa, boretsya, no nichego ne dobavlyaet v plane postroeniya i kachestva igry.

RANЬERI 6:

Klaudio Raneri faoliyatidagi so‘nggi derbida mag‘lubiyatga uchragani yo‘q, lekin g‘alaba bilan bu voqeani bezashni uddalay olmadi. Uning shogirdlari g‘alaba qozonish yo‘lini topa olmadi.

“Manchester Siti” Husanov orqali yangi biznesni yo‘lga qo‘ydi!

Husanovning do‘stini mahalladan ko‘chirib yuborishdi

Bugun o‘yin: Gvardiola Husanovni maydonga tushiradimi?

Shomurodov xudbin emas! Raneri Eldor haqida yana qanday fikr bildirdi?

Shomurodov muxlislarga murojaat yo‘lladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
komiljon12
15/04/2025 08:03
сайтда матнларни текширадиган корректор йукми, таржима килинган текстдан-оригинал тема олиб ташланмайдими, кундан кунга сайтнинг сифати йуколиб боряпти