
"Yuventus" yosh iqtidor egasi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Yuventus" Kenan Yildiz bilan shartnomani uzaytirish niyatida.
"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabar berishicha, turinliklar 20 yoshli yarim himoyachiga 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma taklif etishmoqchi va uning maoshini yiliga 3-4 million evrogacha ko‘tarmoqchi. Yildiz bilan shartnomani klublararo jahon chempionatidan so‘ng uzaytirish rejalashtirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, "Yuventus" Yildizni ham o‘yin, ham tijorat nuqtai nazaridan muhim futbolchi deb baholaydi. Kenanning klub bilan hozirgi shartnomasi 2029 yilda tugaydi.
O‘tgan mavsum A Seriyada Yildiz 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga bajardi.
Fikrlar