"Yuventus" shov-shuvlarga sabab bo‘lgan futbolchini olib kelmoqchi

  • 26 dekabr, 2024, 01:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” Angliya Premer-ligasining “Nyukasl Yunayted” klubi yarim himoyachisi Sandro Tonalini sotib olishi mumkin.

Tecno

Bir necha manbalarga ko‘ra, A Seriya klubi qishda Tonali bilan tarkibni kuchaytirishi maqsad qilib qo‘ygan. Sandro uzoq tanaffusdan so‘ng futbolga qaytgan bo‘lsa-da, o‘zi kutgan darajada o‘yini ochilib ketmadi. Shu bilan birga klub safidagi ishlari ham ortga qarab ketayotgan edi. Ushbu vaziyatdan keyin italiyalik havbek qishki transferlar oynasida o‘z jamoasini o‘zgartirmoqchi. Shu sababli, "Yuventus" klubi uchun futbolchi eng yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli yarim himoyachi bu mavsum 18 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning "qarg‘alar" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 38 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!