“Yuventus” Shomurodov masalasiga oydinlik kiritdi

  • 14 yanvar, 2021, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Jenoa”da o‘zini ko‘rsata boshlagan Eldor Shomurodovga Italiyaning eng qudratli klubi “Yuventus” qiziqa boshlagani haqidagi xabar Italiya, Rossiya, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Tecno

Darhaqiqat, o‘zbekistonlik hujumchi “Rostov”dan A Seriya jamoasiga borib qo‘shilganidan keyin katta qiyinchiliklarni engib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Hamyurtimizga yozgi transferlar mavsumida Italiyaning “Jenoa”, “Fiorentina”, “Verona” singari taniqli jamoalari og‘iz solgan bo‘lsa-da, rostovliklar moliyaviy jihatdan eng yaxshi taklifni bergan Genuya shahri jamoasi shartnomasini qabul qildi.

131890108_4147685285242360_4025541157088522275_o

Eldorning transferi turli bonuslar bilan Italiyaning eng qadimgi jamoasiga qariyb 9 million evroga tushganidan xabaringiz bor.

Shomurodov Genuyaga yo‘l olgan kunlari “Jenoa” klubida konoravirus epidemiyasi tarqaldi. Natijada hamyurtimiz yangi jamoadoshlari bilan ko‘rishmay turib,  O‘zbekistonga qaytdi va bosh jamoamiz yig‘inida ishtirok etdi.

“Jenoa” uchun dastlabki ikki uchrashuvda o‘zini ko‘rsata olmagan Eldor keyinchalik mashg‘ulotda jarohat oldi. Buning oqibatida hujumchining yangi chempionat va italyan futboliga moslashishi cho‘zildi. Bu vaziyatda Eldorni tanqid qilganlar ham ko‘paydi. Shomurodov Italiya futboliga mos emasligini va tez orada ortga qaytishini ta’kidlaganlar ham bo‘ldi.

Biroq, Shomurodov o‘sha paytdagi bosh murabbiy Rolando Maranga nimalarga qodirligini isbotlay boshladi. Muvaffaqiyatli o‘yinlaridan so‘ng, asosiy tarkibdan Goran Pandev va keyinroq Janluka Skamakkani siqib chiqardi.

“Jenoa” rahbariyati bosh murabbiylikka Davide Ballardinini tayinlaganidan keyin Shomurodov asosiy tarkibdan chiqarib tashlandi. Yangi murabbiy eski tanishlarini o‘ynatishni ma’qul ko‘rdi. Shomurodov esa,bir necha daqiqaga maydonga tushirilgan paytda o‘ziga berilgan kichik imkoniyatdan unumli foydalanib, yana boshlang‘ich tarkib uchun eng munosib hujumchi ekanini isbotladi. O‘zi ishtirok etgan so‘nggi uchta uchrashuvdagi gollarga bevosita hissa qo‘shgan Shomurodov hozir Ballardinining ishongan hujumchisiga aylangan.

130705889_4124083170935905_5884464407364843743_o

Albatta, bu muvaffaqiyatlar natijasida Shomurodovga grand klublar, xususan, “Yuventus” qiziqa boshlagani haqida xabarlar tarqatildi. Hozir ham bu mavzu tingani yo‘q. Buning ta’sirida Turin superklubi ham vaziyatga oydinlik kiritishga qaror qildi. Bu mas’uliyatni “Yuventus” sport direktori Fabio Paratichi o‘z zimmasiga oldi.

- Eldor Shomurodov va Janluka Skamakka masalasiga aniqlik kiritish uchun shuni aytishim kerakki, ayni paytda jamoamiz raqobatbardosh hisoblanadi. Agar biz transfer bozorida biz uchun ijobiy imkoniyatlar yuzaga kelganini ko‘rsak, o‘shanda bir qarorga kelamiz. Hozircha, bu borada shoshilishga hojat yo‘q, - dedi Fabio Paratichi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabr oyida “Rostov”dan “Jenoa”ga o‘tganidan beri A Seriyada jami 11 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasinini ikki marotaba aniq nishonga oldi va bir marta golli pas uzatdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik hujumchi Italiya kubogi bellashuvida ham bitta golli pasni amalga oshirgan.

Shomurodov “Jenoa” bilan to‘rt yillik shartnomaga ega.

“Jenoa” muxlislari Shomurodovdan Ronalduni to‘xtatishni so‘ramoqda!

Shomurodov bugun gol ursa, ertaga “Yuventus” libosida uyg‘onadi!

Ertaga Shomurodov – Ronaldu dueli!

Qaysi murabbiy Shomurodovdek futbolchidan o‘z ixtiyori bilan voz kecha oladi? (Birinchi qism)

Genuyada Shomurodov uchun osh damlandi yoxud “Yuve”dan qo‘ng‘iroq bo‘ldimi? (Ikkinchi qism)

“Yuventus”da o‘ynagan Zeytullaev Shomurodovga qanday maslahat berdi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Usmonov Jaloliddin
14/01/2021 09:11
Shomurodov jenoadan yaxshiroq jamoaga munosib jenoa umuman shomurodovga arzimidi ayniqsa yangi murabbiy dal.......