
"Yuventus" PSJ futbolchisini sotib ololmaydi. Sababi...
Turinning «Yuventus» klubi «Pari Sen-Jermen»ga tegishli argentinalik yarim himoyachi Leandro Paredesning transferini sotib olmoqchi emas.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozishicha, Italiya grandi 28 yoshli futbolchining ijara shartnomasida ko‘rsatilgan 22 million evro mablag‘ni to‘lashga tayyor emas. Buning asosiy sababi - turinliklar kelasi mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasligi.
Joriy mavsumda Paredes “Yuventus” safida barcha turnirlarda jami 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning PSJ bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar