"Yuventus" o‘z futbolchisini "Arsenal"ga qo‘yib yubormaslik uchun oylik maoshini oshirmoqchi

  • 9 iyun, 14:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi turkiyalik hujumchi Kenan Yildiz bilan yangi shartnoma tuzishi mumkin. Bu haqda "Tuttosport" nashri xabar bermoqda. 
  
Manbaga ko‘ra, turinliklar 20 yoshli hujumchining maoshini 3–4 million evro atrofiga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu qaror Londonning "Arsenal" klubi futbolchiga qiziqish bildirayotgani fonida qabul qilingan. Bilasiz, Mikel Arteta yangi mavsum oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Shu boic, ko‘plab vinger va forvard variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu ro‘yxatdan ham Yildiz joy olgan.
  
Yildizning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Uning transfer bahosi 45 million evroga teng. 
  
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Kenan turinliklar safida 48 uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!