"Yuventus" Mottaga taklif bilan chiqdi

  • 17 may, 2024, 03:10
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Mavsum so‘nggida "Yuventus" Massimiliano Allegri bilan xayrlashadi. Garchi murabbiy Italiya kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, uni rahbariyat qolishini istamaydi va shartnoma bekor qilinadi. 

Fabritsio Romanoga ko‘ra, turinliklar "Bolonya" ustozi Tyago Mottaga taklif bilan chiqdi. Klub uni 3 yillik bitimga ko‘ndirmoqchi, lekin hali italiyalik mutaxassis rozilik bergani yo‘q. 

Motta hali ham kelajagini belgilab olmagan. "Bolonya" ushbu mavsum ajoyib natijalar qayd etmoqda. Uning shogirdlari esa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Bu murabbiyni bolonyaliklar bilan yangi shartnoma imzolashi ham mumkinligini bildiradi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!