
"Yuventus" "Latsio" futbolchisini katta pulga sotib olmoqchi
Rimning "Latsio" klubining etakchi futbolchilaridan biri Sergey Milinkovich-Savich yanvar oyida bo‘ladigan transfer oynasida A Seriyaning boshqa jamoasiga o‘tishi mumkin. "La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, serb futbolchisiga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda.
Kelgusi qishda "keksa sinora" rahbariyati yarim himoyachi uchun 50 million evro va 10 million evro bonus sifatida berishga tayyor.
Milinkovich-Savich 2015 yildan beri Rim jamoasi azosi hisoblanadi. Italiya chempionatining joriy mavsumida Sergey 12 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar