"Yuventus" Kenan Yildizga yiliga 6 million evro berishga tayyor!

  • 13 dekabr, 18:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" qanot hujumchisi Kenan Yildiz bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. "Tuttosport" nashri xabariga ko‘ra, Turin klubi Yildizga yiliga 6 million evro maosh to‘lanadigan mehnat shartnomasini taklif qilishga tayyor.

Tecno

Bundan tashqari, shartnomada bonuslar ham bo‘ladi. Yaqin haftalarda kelishuv amalga oshishi mumkin. 20 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yil o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Kenan "Yuventus"ning asosiy jamoasida jami 104 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urgan va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!