"Yuventus" hammasini kelishib qo‘ygan

  • 18 fevral, 2020, 19:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi himoyachi Jorjo Kellini bilan amaldagi shartnomani uzaytiradi. Bu haqda Goal.com xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “keksa sinora” 35 yoshli italiyalik futbolchiga 1 yillik shartnoma taklif qiladi. Aytish kerakki, bu borada tomonlar allaqachon kelishuvga erishib bo‘lishgan.

Eslatib o‘tamiz, Kellini o‘tgan yilning avgust oyida tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi. Uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng u o‘tgan tur “Breshiya”ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.

Ma’lumot uchun, Kellini “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida jami 508 ta o‘yinda maydonga tushdi va 36 ta gol hamda 20 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!