
"Yuventus" Germaniya terma jamoasi a’zosiga qiziqib qoldi
Leverkuzenning "Bayer" klubi yarim himoyachisi Yulian Brandt faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Sport Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli germaniyalik futbolchiga “Yuventus”dan jiddiy qiziqishlr paydo bo‘la boshlagan. Turinliklar “dorishunoslar”ga Brandtning 25 mln evrolik tovon pulini to‘lab, sotib olishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Brandtga shuningdek "Bavariya" va "Borussiya" Dortmund klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud.
Fikrlar