"Yuventus" etakchisi "Barselona" bilan qancha muddatga shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

  • 10 may, 2020, 12:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich “Barselona”ga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi.

Tecno

Ispaniyaning Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli bosniyalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” bilan 4 yillik shartnoma imzolashga kelishib olgan.

Endi “Yuventus” va “Barselona” jamoalari o‘zaro kelishuvga erishishi qoldi xolos. Kataloniyaliklar Pyanichning transferiga Ivan Rakitichni qo‘shib berishmoqchi.

Miralem Pyanich joriy mavsum “Yuventus” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!