
“Yuventus” EChLda g‘olib chiqishni biladigan murabbiyni chaqirdi
Anchadan beri Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni orzu qilayotgan “Yuventus” bosh murabbiylikka Xans-Diter Flikni taklif etmoqda. Bu mutaxassis mavsum yakunlanishi bilan “Bavariya”ni tark etishini ma’lum qilgan.
Flik qo‘l ostida myunxenliklar o‘tgan mavsum o‘zlari ishtirok etgan barcha turnirlar, xususan, Chempionlar ligasida ham bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
“Yuventus” hozirgi bosh murabbiy Andrea Pirlo qo‘l ostida beqaror o‘yin namoyish qilmoqda va hatto so‘nggi o‘n yilda ilk bor Italiya chempionligiga erisha olmasligining ehtimoli katta.
Flik Germaniya terma jamoasini boshqarishga ham asosiy nomzod. Shu bois, Turin superklubi ro‘yxatidan Maks Allegri, Simone Indzagi, Jan Pero Gasperini, Pep Gvardiola, Zinedin Zidan va Yurgen Klopp nomlari ham joy olgan.
Fikrlar