
"Yuventus" Dibalaga yiliga 12 mln evro maosh taklif qilmoqda
"Yuventus" rahbariyati va argentinalik hujumchi Paulo Dibala o‘rtasidagi muzokaralar hali ham davom etmoqda.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, turinliklar Dibalaga yiliga 10 mln evro maosh va qo‘shimcha 2 mln evro bonus taklif qilmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2025 yilga qadar imzolanishi kutilmoqda.
27 yoshli Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar