"Yuventus" "Brayton" yarim himoyachisini olmoqchi

  • 1 avgust, 11:03
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brayton"da to‘p surayotgan yarim himoyachi Mett O'Rayli "Tumanli Albion"ni tark etib, Italiyaga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda insayder Janluka di Martsio xabar bermoqda.

Tecno

Jurnalistning yozishicha, 24 yoshli xavbek bilan Turinning "Yuventus" klubi qiziqmoqda. Biroq hozircha futbolchiga rasmiy taklif berilmagan. Mettning bozor qiymati 22 million evroga baholanmoqda.

O‘tgan mavsumda daniyalik futbolchi "Brayton"ning 26ta uchrashuvida ishtirok etib, ikkita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!