"Yuventus" bosh murabbiyini ishdan bo‘shatdi, jamoaga vaqtincha Brambilla rahbarlik qiladi
26 oktyabr, yakshanba kuni "Yuventus" A Seriyaning 10-turida "Latsio"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu mag‘lubiyat turinliklar uchun barcha musobaqalardagi ketma-ket uchinchisi bo‘ldi.
Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, klub rahbariyati Igor Tudorni qoniqarsiz natijalar sabab ishdan bo‘shatdi.
"Gazzetta dello Sport"ning yozishicha, "Yuventus" bosh murabbiyligi uchun nomzodlar ro‘yxatiga quyidagi mutaxassislar kiritilgan:
Roberto Manchini
Luchano Spalletti
Raffaele Palladino
Tyagu Motta — u etti oy avval "Yuventus"dan haydalgan edi.
Roberto Manchini hozirda ishsiz. U 2024 yil oktyabrida Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etgan. Manchini ilgari "Latsio", "Fiorentina", "Inter", "Galatasaray" va "Manchester Siti"da faoliyat yuritgan. Shuningdek, u Italiya terma jamoasi bilan Evro–2021 g‘olibi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Tyagu Motta 2024 yil iyunidan 2025 yil martigacha "Yuventus"da ishlagan, klub hali ham unga ishdan bo‘shatilgani uchun kompensatsiya to‘lamagan.
Hozirda "Yuventus" A Seriya jadvalida 12 ochko bilan sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. Chempionlar ligasida esa ikki ochko to‘plab, 25-pog‘onada joylashgan.
Kelasi o‘yinlarda jamoaga vaqtincha Massimo Brambilla rahbarlik qiladi.



Fikrlar