
“Yuventus” birdaniga besh futbolchidan voz kechdi
“Yuventus” rahbariyati maoshlar fondini qisqartirish va transfer byudjetini oshirish maqsadida besh nafar futbolchisi bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, turinliklar hozirgi tarkibdan biror futbolchini sotib yubormasdan yangi o‘yinchilarni transfer qila olmaydi.
“Yuventus” tez orada Artur, Denis Zakariya va Ueston Makkennini sotib yuborish orqali 50 million evro ishlab olmoqchi.
Keyingi navbatda, klub darvozabon Voytsex Shchensni va himoyachi Aleks Sandro bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar