"Yuventus" baribir uni olib qolmaydi!

  • 26 yanvar, 2022, 15:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” mutasaddilari qishki transferlar oynasi yopilishi bilan jamoa hujumchisi Paulo Dibala bilan muzokaralarning yangi bosqichini boshlaydi.

Tecno

Klub xo‘jayinlari argentinalik yulduzga ma’qul kelgan maosh bo‘yicha taklifini qaytarib olganidan keyin o‘zaro munosabat buzilgani vaziyatni murakkablashtirib yubordi.

“Yuventus” afsonasi Alessandro del Pero mazkur vaziyatga baho berdi.

- Vaziyat murakkablashgan. O‘tgan mavsumda ham Dibalaning muammosini ko‘rdik. U ikki yil oldin ketishi kerak edi. Tomonlar hamkorlikni davom ettirishi uchun holat yaxshi emas. Agar hujumchi haqiqatan klubga kerak bo‘lganida bu kelishuv allaqachon yakunlangan bo‘lardi, - dedi Alessandro del Pero.

Argentinalik hujumchi 2015 yildan beri Turin klubida to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda u A Seriyada 17 ta uchrashuvda ettita gol va uchta assistni qayd etdi. Chempionlar ligasida esa to‘rtta o‘yinda raqiblar darvozasini uchmarotaba ishg‘ol qilib, bitta golli pas berdi.

Uning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!