
"Yuventus" 21 yoshli himoyachini jamoada saqlab qolmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi Portugaliya termasi himoyachisi Renatu Veygaga bo‘lgan rejalarini o‘zgartirmagan. Italiyaliklar 21 yoshli futbolchini to‘liq sotib olish niyatida va yaqin haftalarda "Chelsi" bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Veyga joriy yilning yanvar oyida "Yuventus"ga ijara asosida kelgan va bu vaqt ichida klub murabbiylari ishonchini qozona olgan. U jamoa safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir marta sariq kartochka oldi.
Portugaliyalik himoyachiga boshqa klublar ham qiziqmoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra, Veygaga yana uchta klub qiziqish bildirmoqda. Biroq, uning amaldagi klubi — "Chelsi" hozircha futbolchining kelajagi bo‘yicha aniq qarorga kelmagan. Transfermarkt portali portugaliyalik markaziy himoyachini 18 million evroga baholagan.
Fikrlar