"Yuventus" 2017 yilgi EChL finalida "Real"ga nega yutqazgan edi?

  • 25 may, 2020, 17:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi himoyachisi Jorjo Kellini 2016/17 yilgi mavsumda EChL finalida "Real"ga (4:1) qarshi o‘yinda uchralgan mag‘lubiyatni izohladi.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, hisob 1:1 ko‘rinish olgach, turinliklar ikkinchi bo‘limda o‘z darvozalaridan 3 ta gol o‘tkazib yuborishgan edi.

“Kardiffdagi mag‘lubiyat haqida ko‘p gapiriladi. Ammo, o‘shanda g‘alati hech narsa bo‘lmagan, shunchaki biz charchab qolgandik. Hisob durang bo‘lib turganda ham, 3 ta gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin ham kurashni to‘xtatmadik, taslim bo‘lmadik.

Birinchi bo‘limdan so‘ng juda charchadik. Manjukich kiyinish xonasiga borib polga yiqildi, Pyanich esa zo‘rg‘a nafas olardi. Hammasi juda dramatik yakunlandi. Biz charchaganimiz uchun yutqazdik”, - deydi italiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!