
Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi futbolchilarini "Liverpul"ga olib kelmoqchi
“Liverpul” yozgi transferlar mavsumida bir qator xaridlarni oshirishni rejalashtirgan, deya xabar bermoqda TeamTalk nashri.
Manbada yozilishicha, ingliz klubi transferlar ro‘yxatida Myunxengladbaxning “Borussiya” jamoasi himoyachisi Mattias Ginter va “Bayer” etakchisi Yulian Brandt o‘rin olishgan.
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp shaxsan o‘zi bu ikki futbolchini jamoaga olib kelish fikrini olg‘a surmoqda.
25 yoshli Ginter bu mavsum “Borussiya M” safida 21 o‘yinda 1 gol urgan. Uning taxminiy transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.
22 yoshli Brandt esa “Bayer” safida 33 o‘yinda 7 gol va 10 golli uzatmani amalga oshirgan. Uning narxi 45 million evro atrofida.
Fikrlar