Yulian Nagelsman: "Jamoa o‘ziga mutlaqo ishonadi"

  • 11 sentabr, 2024, 15:23
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Niderlandiya bilan o‘yin natijalarini sarhisob qildi.

Nemislar Millatlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida "uchar gollandlar" bilan 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekishdi.

"Umuman olganda, bu juda qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoaning himoyasi biroz zaif edi. Biz hujumda kuchliroq bo‘ldik va ko‘proq tavakkal qildik. Ajoyib tarzda qayta oldik va ikkita gol urdik. Yakunda yana peshqadamlikni qo‘lga kiritishga yaqin qoldik.

Jamoa o‘ziga ishonadi, asosiysi shu. Bugun jamoa navbatdagi g‘alaba uchun maydonga tushgandi. Bu aynan biz ko‘rmoqchi bo‘lgan narsadir. Biz kelajakda muvaffaqiyatli bo‘lishga intilamiz", - dedi Yulian Nagelsmann.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!